logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bernardu Silvaga da'vogarlik qilayotgan 3 ta jamoa nomi aytildi

 31 MART, 2026, 08:54

Yarim himoyachi Bernardu Silva to'qqiz yillik faoliyatidan so'ng shu yozda «Manchester Siti»ni tark etishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi. Avvalroq, portugaliyalik futbolchi yozda erkin agent sifatida ketishi haqida klubni xabardor qilgani to'g'risida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

A Bola jurnalistlari Silvaning klub ro'yxatini o'zgartirish borasidagi qarorini tasdiqlashmoqda. Shuningdek, Bernardu uchun uchta ehtimoliy yo'nalish nomi keltirilgan: «Barselona», «Yuventus» va «Galatasaray».

Avgust oyida Bernardu Silva o'zining 32 yoshini nishonlaydi. Transfermarkt portali mutaxassislari yarim himoyachini 27 million evroga baholamoqdalar.

Joriy mavsumda Silva 42 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga uchta gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ