logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tuxel Bellingem bo'yicha «Real»ni xursand qiladigan xabar aytdi

 31 MART, 2026, 08:42

Yarim himoyachi Jud Bellingem yaqinda jarohatidan tiklandi va Angliya terma jamoasiga chaqiruv oldi. «Real» xavbeki Urugvayga qarshi bahsda (1:1 hisobidagi durang) ishtirok etmadi va Tomas Tuxel uni Yaponiyaga qarshi o'yinda maydonga tushirishi taxmin qilingan edi. Biroq, Jud mart oyidagi yig'inning ikkinchi o'yinini ham o'tkazib yuboradi.

«Biz Bellingem borasida tavakkal qilmaymiz. Futbolchi mushak jarohatidan so'ng formaga kirayotgan vaqtda nima sodir bo'lishini hech qachon oldindan aytib bo'lmaydi», — deya Tuxelning so'zlarini BBC nashri keltirmoqda.

Tomas Tuxelning bu so'zlari «Real»ni albatta xursand qiladi. Madridliklar uchun Bellingemning muhim o'yinlar, jumladan, Chempionlar Ligasi chorak finalida «Bavariya»ga qarshi bahs oldidan yaxshi sport formasida bo'lishi juda muhim.

Angliya va Yaponiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv seshanba kuni, 31 martda bo'lib o'tadi. «Uembli» stadionidagi o'yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 23:45 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ