logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» o'z tarbiyalanuvchisini arzonga sotib olib, «Barsa» rejalarini buzmoqchi

 31 MART, 2026, 08:36

«Osasuna» vingeri Viktor Munos Madridning «Real» klubiga qaytishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «qaymoqranglilar» 22 yoshli ispaniyalik futbolchini bor-yo'g'i sakkiz million evro evaziga qayta sotib olishlari mumkin. Ta'kidlanishicha, «Osasuna» yangi stadion qurilishi sababli mablag' tanqisligiga uchragan, shu bois klub «Real» bilan kelishuvga rozi bo'lishi mumkin.

Joriy mavsumda Munos barcha turnirlarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga oltita gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Munosning «Osasuna» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining bozor qiymatini 20 million evroga baholamoqdalar.

Avvalroq, ispaniyalik vinger transferiga «Barselona» qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ