Onana «Manchester Yunayted» asosiy tarkibi uchun kurashmoqchi
31 MART, 2026, 08:30
Darvozabon Andre Onana «Manchester Yunayted»dagi faoliyatidan hali umidini uzgani yo'q. The Athletic nashrining xabar berishicha, kamerunlik futbolchi ortga qaytishni va «qizil iblislar» asosiy tarkibidagi o'rni uchun kurashishni istamoqda.
Ma'lumki, o'tgan yilning sentyabr oyida Onana «Manchester Yunayted»dan Turkiyaning «Trabzonspor» klubiga ijara asosida o'tgan edi. O'shandan beri kamerunlik posbon 24 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 32 ta gol o'tkazib yubordi.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 29 yoshli Andre Onananing bozor qiymatini 12 million evroga baholamoqdalar.
Ma'lumot uchun, hozirda «Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida uchinchi pog'onani egallab turibdi.
