logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Skaloni: «Bu shunchaki tasodif edi»

 31 MART, 2026, 08:24

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Zambiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirdi. U «albiseleste»ning Mavritaniyaga qarshi kechgan va 2:1 hisobidagi ishonchsiz g'alaba bilan yakunlangan avvalgi o'yini mavzusiga to'xtalib o'tdi.

«Ular o'yin muvaffaqiyatsiz bo'lganini tushunib etganlari yaxshi. O'tgan safar biz yaxlit bir jamoa bo'lib o'ynay olmadik. Bu yigitlar shunchaki professional emas — ular juda mahoratli va birdam jamoa. Hozir qaysi bosqichda ekanimizni baholash uchun qulay vaqt. Umid qilamizki, bu (muvaffaqiyatsiz o'yin) shunchaki bir martalik holat bo'lib qoladi», — deya Skalonining so'zlarini ESPN nashri keltirmoqda.

Avvalroq Skaloni Lionel Messi Zambiyaga qarshi uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq maydonga tushishini va'da qilgan edi. O'yin 1 aprel kuni bo'lib o'tadi, Toshkent vaqti bilan start hushtagi tungi soat 04:15 da yangraydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ