«Arsenal» «Real» vingeri uchun poygada peshqadamlik qilmoqda
31 MART, 2026, 08:24
Londonning «Arsenal» klubi yozgi transfer oynasida o'z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Football365 nashrining Ispaniyadan olingan ma'lumotlarga tayanib xabar berishicha, «to'pchilar» «Real»ning hujumkor yarim himoyachisi Braim Dias uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda.
Diasning transferi uchun «Arsenal» taxminan 50 million evro to'lashga tayyor. Futbolchining o'zi esa kelajagi borasidagi qarorni o'zida mavjud bo'ladigan takliflardan kelib chiqib qabul qiladi.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 26 yoshli Braim Diasni 35 million evroga baholamoqdalar. Marokashlik futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
