logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» yulduzi «PSJ»ga qarshi ilk o'yindayoq maydonga tushishi mumkin

 31 MART, 2026, 08:18

«Liverpul»ning shvetsiyalik hujumchisi Aleksander Isak Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida «PSJ»ga qarshi kechadigan ilk uchrashuvdayoq maydonga tushishi mumkin. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, shvetsiyalik futbolchi og'ir jarohat — boldir suyagi sinishidan so'ng deyarli to'liq tiklanib bo'lgan. Eslatib o'tamiz, u ushbu jarohatni «Tottenxem» darvozasiga gol urayotgan vaziyatda (2:1) orttirib olgan edi.

Isak 2025 yilning yozida «Nyukasl»dan o'tganidan so'ng «Liverpul» a'zosiga aylangan edi. «Qizillar» ushbu futbolchi uchun «qarg'alar»ga 145 million evro to'lashgan. Hujumchi joriy mavsumda hozircha 16 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga uchta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

«PSJ» va «Liverpul» o'rtasidagi birinchi uchrashuv 8 aprel kuni Parijdagi «Park de Prens» arenasida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ