logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yozda «Real» uch nafar futbolchini ortga qaytaradi

 31 MART, 2026, 06:48

Yozgi transferlar davrida «Real» tarkibiga uch nafar futbolchi qaytishi kutilmoqda. Bu haqda Cadena Ser xabar berdi.

Manbaga ko'ra, madridliklar safiga hujumkor yarim himoyachi Niko Pas hamda hujumchilar Viktor Munos va Endrik qaytadi. Ushbu futbolchilar «qaymoqranglilar»ning mavsumoldi tayyorgarligida ishtirok etadi.

19 yoshli Endrik qishda ijara asosida «Lion»ga o'tgan edi. 21 yoshli Pas hozirda «Komo», 22 yoshli Munos esa «Osasuna» safida to'p surmoqda. Biroq «Real»da ushbu futbolchilarni qayta sotib olish imkoniyati mavjud.

Ayni paytda «Real» Ispaniya chempionati jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va «Barselona»dan to'rt ochkoga ortda qolmoqda. Terma jamoalar o'yinlaridan keyingi navbatdagi bahsni madridliklar 4 aprel kuni safarda «Malorka»ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ