Skaloni Messi 1 aprel kuni Zambiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishini tasdiqladi
30 MART, 2026, 20:18
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hujumchi Lionel Messi 1 aprel kuni bo'lib o'tadigan Zambiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishini ma'lum qildi.
Oxirgi o'rtoqlik uchrashuvida Argentina Mavritaniyani 2:1 hisobida mag'lub etgan edi. Ushbu o'yinda Messi maydonga ikkinchi bo'limda tushirilgan. G'alabaga qaramay, jamoa o'yinchilari o'z jamoasining o'yin sifatida qoniqish hosil qilishmadi.
«O'yin muvaffaqiyatsiz bo'lganini tushunib etganlari — yaxshi belgi. O'tgan safar biz jamoa bo'la olmadik. Yaxshi o'yindan tashqari, ular aqlli va buni anglab etishdi. Bu biz qaerda turganimizni baholash uchun yaxshi imkoniyat. Umid qilamanki, bu faqat bitta o'yin bo'lib qoladi», — dedi Skaloni ESPN nashriga.
2026 yilgi Jahon chempionatida Argentina terma jamoasi J guruhida Jazoir, Avstriya va Iordaniya termalariga qarshi bahs olib boradi.
