logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Sindarov g'alaba qozongan "Nomzodlar turniri" 1-turida qanday natijalar qayd etildi? Bugun Javohirni kimga qarshi bahs kutmoqda?

 30 MART, 2026, 14:00

Kiprning Peyya shaharchasi shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 1 million evroni tashkil etuvchi "Nomzodlar turniri"ga mezbonlik qilmoqda.

Xabar berganimizdek, musobaqada amaldagi Jahon Kubogi g'olibi hamyurtimiz Javohir Sindarov muvaffaqiyatli start oldi. Grossmeysterimiz ilk turda rossiyalik Andrey Esipenkoga qarshi bahs olib bordi va nafaqat mag'lubiyatli vaziyatdan chiqib ketdi, balki g'alaba qozondi ham.  


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Qizig'i shundaki, Esipenko "Nomzodlar turnir"ga saralash bahsida yana bir shaxmatchimiz Nodirbek Yakubbroevni mag'lubiyatga uchratib, so'nggi uchinchi yo'llanma sohibiga aylangandi. Kechagi g'alaba orqali Javohir Andrey Esipenkodan Nodirbek uchun revansh oldi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Birinchi turning yana ikkita partiyasida bir tomonning g'alabasi qayd etildi. Amerikaliklarning o'zaro bahsida Fabiano Karuana Hikaru Nakamurani mag'lub etdi. Hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha niderlandiyalik Anish Girini engdi. Germaniyalik Mattias Blubaum va xitoylik Vey Yi partiyasida tomonlar durangga imzo chekishdi. 

Birinchi turdan so'ng turnir jadvalida Fabaino Karuana qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadam bo'lib turibdi. Javohir Sindarov ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, Rameshbabu Praggnanandha kuchli uchlikka yakun yasagan. 


Bugun Javohir Sindarov 2-turda oq donalarda Mattias Blubaumga qarshi bahs olib boradi. Ikkinchi tur partiyalari ham bizning vaqt bilan soat 17:30da boshlanadi. Javohir Jahon toji uchun o'ynash imkoniyatini beradigan turnirda ishtirok etayotgan 1-o'zbek shaxmatchisi hisoblanadi. O'n to'rt turdan iborat mazkur turnir g'olibi jahon toji uchun hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi dona suradi.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ