logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Slotning ishini maqtadi

 30 MART, 2026, 13:36

«Liverpul» va Niderlandiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Dirk Kuyt mersisaydliklarning joriy mavsumdagi natijalari haqida o'z fikrini bildirdi.

«Slotning ishiga to'xtaladigan bo'lsak, u bunday qisqa vaqt ichida erishgan yutuqlari bilan faxrlansa bo'ladi. Agar Premer-ligada ishlar unchalik ko'ngildagidek kechmayotgan bo'lsa, «Liverpul» evrokuboklarda muvaffaqiyat qozonishga qodir. Har qanday voqea sodir bo'lishi mumkin», — deya sobiq futbolchining so'zlarini Sky Sports nashri keltirmoqda.

Premer-liganing 31 turidan so'ng «qizillar» turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turishibdi. UEFA Chempionlar Ligasida esa «Liverpul» chorak finalga yo'l oldi va u erda Frantsiyaning «PSJ» jamoasi bilan to'qnash keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ