logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Terri Anri Portugaliya hujumchilarini tanqid qildi

 30 MART, 2026, 08:48

Londonning «Arsenal» klubi sobiq afsonaviy futbolchisi Terri Anri Brunu Fernandeshning o'yini va Portugaliya terma jamoasi hujum chizig'i haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Roberto Martines shogirdlari o'rtoqlik uchrashuvida Meksikani mag'lub eta olishmadi (0:0).

«Hujumchilar o'zlarini yaxshiroq ko'rsatishlari lozim. Brunu beshta vaziyat yaratdi, shu jumladan, ikkita yaqqol golli imkoniyat, biroq ular birortasini ham golga aylantira olishmadi. Tarkibingizda shuncha ko'p vaziyat yarata oladigan yarim himoyachi bo'lsa, vazifa osonlashadi — shunchaki to'pni darvoza to'riga yo'llash kerak, xolos. Ular esa, aksincha, o'z ishlarini qiyinlashtirib yuborishdi», — deya ingliz OAVlari Anrining so'zlarini keltiradi.

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi 81-daqiqagacha harakat qildi va shundan so'ng uning o'rniga Fransishku Trinkan maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ