logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» himoyachisi Portugaliyaning JCh-2026dagi imkoniyatlarini yuqori baholadi

 30 MART, 2026, 08:42

«Barselona» futbolchisi Joau Kanselu Portugaliya terma jamoasining bo'lajak Jahon chempionatidagi istiqbollari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

31 yoshli qanot himoyachisi Portugaliya milliy jamoasi tarkibidagi ijrochilarning yuqori darajada ekanligini alohida ta'kidlab o'tdi.

«Bunday futbolchilar tarkibi bilan Portugaliya bo'lajak Jahon chempionatining asosiy favoritlari qatorida bo'lishi shart», — dedi Kanselu.

Roberto Martines shogirdlari guruh bosqichida O'zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari bilan to'qnash keladilar, yana bir raqib esa o'tish o'yinlari (pley-off) natijalariga ko'ra aniqlanadi.

Eslatib o'tamiz, JCh-2026 turniri 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ