logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Inter» muxlislari uchun xushxabar

 30 MART, 2026, 08:36

«Inter» muxlislari uchun xushxabar. Jamoa sardori Lautaro Martines jarohatidan tiklandi va Italiya chempionatining navbatdagi turi doirasidagi «Roma»ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Lautaro Martines oxirgi marta 18 fevral kuni Chempionlar Ligasining o'tish bosqichi doirasida «Budyo-Glimt»ga qarshi kechgan birinchi o'yinda «Inter» safida maydonga tushgan edi.

Hozirda «Inter» Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi «Milan» o'z qo'shnilaridan olti ochko orqada qolmoqda.

A Seriyaning «Roma»ga qarshi o'yinini «Inter» yakshanba kuni, 5 aprel sanasida o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanishi belgilangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ