logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Entso Fernandes «Real»ga signal yubordi!

 30 MART, 2026, 08:12

«Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandes o'z bayonoti bilan Madridning «Real» klubiga ehtimoliy o'tishi haqidagi mish-mishlarni yanada avj oldirdi.

Argentinalik futbolchi Ispaniya poytaxti unga juda yoqishini tan oldi.

«Men Madridda yashashni istardim. Bu ajoyib shahar, u menga Buenos-Ayresni eslatadi», — deya jurnalist Fabritsio Romano 25 yoshli futbolchining so'zlarini keltirmoqda.

Shundan so'ng, aniq bir klub haqida berilgan savolga xavbek javob bermadi — u shunchaki tabassum qilish bilan kifoyalandi.

Entso Fernandesning nomi anchadan beri «Real» bilan bog'lab kelinmoqda. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining qiymatini 90 million evroga baholashmoqda, uning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi esa 2032 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ