logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Komo» juda kuchli ko'rinmoqda» — Pyanich A Seriyadagi EChL uchun kurash haqida gapirdi

 30 MART, 2026, 08:00

Italiya chempionatida «Roma» va «Yuventus» kabi klublar sharafini himoya qilgan bosniyalik yarim himoyachi Miralem Pyanich sobiq jamoalarini ogohlantirdi — kelasi mavsum uchun Chempionlar Ligasi yo'llanmasi ularning hech biriga kafolatlanmagan.

«Men bunga amin emasman. Hozirda «Komo» juda kuchli ko'rinmoqda. Ammo «Roma» uchun ham, «Yuventus» uchun ham Chempionlar Ligasida ishtirok etish juda muhim. Bugungi futbolda bu o'ta muhim ahamiyatga ega», — deya futbolchining so'zlarini Italiyaning La Gazzetta Dello Sport nashri keltiradi.

Eslatib o'tamiz, Italiya sharafini kelasi mavsum Chempionlar Ligasiga to'rtta klub himoya qiladi, ayni damda «Inter», «Napoli» va «Milan» boshqa ta'qibchilardan sezilarli darajada oldinga o'tib ketgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ