logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Polina Kudermetova CHarlston WTA 500 turniri asosiy to'riga chiqdi

 30 MART, 2026, 07:48

AQSHning Janubiy Karolina shtati, CHarlston shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida WTA 500 turkumidagi turnir davom etmoqda.

Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova musobaqaning asosiy to'r bahslariga yo'l oldi. Vakilamiz kvalifikaciyaning 1/2 finalida amerikalik Karolin Ansarini 6/2, 2/6, 7/5 hisobida mag'lub etgandi. 

Kecha tunda 22 yoshli tennischimiz saralashning finalida Niderlandiya vakilasi Eva Vedderga qarshi bahs olib bordi. Saralash turnirida beshinchi raqam ostida tasniflangan Kudermetova raqibasini ikki set natijasiga ko'ra ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/4.   

Malumot uchun, Kudermetova hozirda WTA reytingida 153, Eva Vedder 254-o'rinni egallab turibdi. Polina 1 ta eys zarbasini amalga oshirib, 5 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ