logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Miralem Pyanich: «Italiyaning yana Jahon chempionatidan chetda qolishini muxlislar kechirishmaydi»

 30 MART, 2026, 07:36

Bosniyalik futbolchi Miralem Pyanich avvallari Italiyaning «Roma» va Turinning «Yuventus» kabi klublarida to'p surgan. U Italiya futbolini yuqori baholaydi va «Skuadra Adzurra»ning Jahon chempionati final bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma ololmaganidan afsusda ekanligini bildirdi.

«Men Italiya terma jamoasini Evropadagi eng kuchlilardan biri deb hisoblayman. Shunchaki, hozirda juda kuchli va o'z sport formasining avjida bo'lgan norvegiyaliklar bilan bir guruhdan joy olishda ularning omadi kelmadi. Kuchli bosim Italiyaga qarshi ishlab ketishi mumkin — muxlislar ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionati o'tkazib yuborilishiga toqat qila olmaydilar», — deya Pyanichning so'zlarini Italiyaning La Gazzetta Dello Sport nashri keltiradi.

Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi Jahon chempionati final bosqichiga chiqish huquqi uchun aynan Bosniya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishi kerak.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ