logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» «Bavariya»ga qarshi o'yin oldidan yaxshi xabar oldi

 29 MART, 2026, 22:36

«Real» himoyachisi Eder Militao jarohatdan to'liq tiklanib, safiga qaytdi.

Madrid klubi shifokorlari futbolchining holatini baholab, u Ispaniya chempionati doirasida 4 aprel kuni bo'lib o'tadigan «Malorka»ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin degan xulosaga kelishdi. Shundan so'ng, 7 apreldan 8 aprelga o'tar kechasi «Real» Chempionlar ligasi chorak finalidagi ilk uchrashuvni «Bavariya»ga qarshi o'tkazadi.

Joriy mavsumda Eder Militao «Real» safida barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Braziliyalik futbolchi dekabr oyidan buyon tizza osti payi jarohati sabab maydonga tushmayotgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ