logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'zbekiston U16 terma jamoasi «Lokomotiv»ni yirik hisobda mag'lub etdi

 29 MART, 2026, 22:30

O'zbekistonning 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar terma jamoasi nazorat uchrashuvida Toshkentning «Lokomotiv» U-19 jamoasi ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi.

Ayder Qurbaev shogirdlari o'zlaridan yoshi katta bo'lgan raqibni 5:2 hisobida mag'lub etdi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining asosiy tarkibida maydonga Almaz Ayupov, Xojiakbar Zulfiqorov, Azizullo Ekinjonov, Yahyo Nasrulloev, Rozimurod Rozimurodov, Kamoliddin Akbaraliev, David Shadrin, Abubakr Mamatov, Hasan Urolov, Abdulloh Xolmamatov va Husan Urolov tushishdi.

G'olib jamoa safida Xojiakbar Zulfiqorov, David Shadrin, Abdulloh Xolmamatov, shuningdek, zaxiradan maydonga tushgan Ulug'bek Xayrullaev va Emmanuel Eminkpayr gol urdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ