Javohir Sindarov "Nomzodlar turniri"ni g'alaba bilan boshladi
29 MART, 2026, 22:16
Kiprda shaxmat bo'yicha nufuzli "Nomzodlar turniri" boshlandi.Musobaqada hamyurtimiz Javohir Sindarov ham ishtirok etayotgani haqida xabar qilgandi.
Hamyurtimiz musobaqa 1-turida rossiyalik Andrey Esipenkoga qarshi to'qnash keldi va g'alaba qozondi.
Malumot uchun, Javohir Sindarov jahon toji uchun o'ynash imkoniyatini beradigan turnirda ishtirok etayotgan 1-o'zbek shaxmatchisi hisoblanadi. Mazkur turnir g'olibi jahon toji uchun hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi dona suradi.
"Nomzodlar turniri" 14 ta turdan iborat.

Manba: olamsport.com
