logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Muxlis Meksika - Portugaliya o'yinidan oldin vafot etdi

 29 MART, 2026, 18:24

Mexikoda Meksika va Portugaliya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan bir muxlis olgan jarohatlari tufayli vafot etdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, mast holatda bo'lgan muxlis VIP-lojalar zonasidan, ya'ni ikkinchi qavatdan birinchi qavatga konstruktsiyaning tashqi tomoni orqali tushmoqchi bo'lgan. Natijada u muvozanatni yo'qotib, pastki qavatdagi to'xtash joyiga (parkovka) yiqilib tushgan.

Jabrlanuvchiga voqea joyida zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning iloji bo'lmagan — u vafot etgan. Sodir bo'lgan voqea haqida tegishli organlar xabardor qilingan bo'lib, hozirda tekshiruv o'tkazilmoqda va hodisaning barcha tafsilotlari o'rganilmoqda.

0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan uchrashuv belgilangan reja bo'yicha bo'lib o'tdi.

Ushbu bahs stadionda Jahon chempionati oldidan o'tkazilgan keng ko'lamli rekonstruktsiyadan so'ng ilk sinov tadbiri edi. Mazkur arena turnirning beshta o'yinini, jumladan, ochilish uchrashuvini ham qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ