logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" Xavi Simons bo'yicha qaror qabul qildi

 29 MART, 2026, 17:36

Avvalroq matbuotda «Tottenxem»da to'p surayotgan Xavi Simons o'zi tarbiyalangan «Barselona» klubiga qaytishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Sport.es nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Kataloniya klubi ayni damda Niderlandiya terma jamoasining 22 yoshli yarim himoyachisini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmayapti. Buning asosiy sabablaridan biri — bo'lajak kelishuvning yuqori narxidir. Manbaning ta'kidlashicha, uning London klubidan ketishi uchun katta miqdorda tovon puli talab etiladi — taxminan 45 million evro. Hozirgi iqtisodiy sharoitda «Barselona» bunday investitsiyani amalga oshirish qiyin deb hisoblamoqda.

Simons APLning joriy mavsumida 25 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar Ligasining 10 ta o'yinida urilgan uchta gol va bitta samarali uzatma mavjud. Futbolchining «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ