logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tuxel Maguayrdan ko'ra boshqa himoyachilarni afzal ko'rishini aytdi

 29 MART, 2026, 17:36

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Garri Maguayrning jamoadagi holati haqida fikr bildirdi.

33 yoshli futbolchi Urugvayga qarshi yaqinda bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida (1:1) to'liq o'ynadi, biroq germaniyalik mutaxassisning tan olishicha, u boshqa markaziy himoyachilarni yuqoriroq baholamoqda.

«Maguayr haqidagi fikrim o'zgarmadi, lekin men asosiy tarkibda tushirishni istagan boshqa futbolchilarni, boshqacha profildagi o'yinchilarni ko'ryapman. Ezri Konsa va Mark Gexi men uchun asosiy tarkibga yaqinroq ekanligi sir emas. Shuningdek, Trevo Chaloba harakatchanlik borasida undan biroz oldinda deb hisoblayman», — deya jurnalist Dom Smit Tuxelning so'zlarini keltiradi.

31 mart kuni inglizlar ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini Yaponiyaga qarshi o'tkazishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ