logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tonalining "MYu"ga o'tish bo'yicha pozitsiyasi ma'lum bo'ldi

 29 MART, 2026, 17:30

So'nggi vaqtlarda matbuot «Nyukasl»ning italiyalik yarim himoyachisi Sandro Tonalini «Manchester Yunayted» bilan bog'lamoqda. «Qizil iblislar» vakillari allaqachon futbolchining agentlari bilan muzokaralar o'tkazishga ulgurdi.

Sully Talkz nashrining xabar berishicha, Tonali «Old Trafford»ga ko'chib o'tishga tayyorligini bildirgan, biroq avval u «Nyukasl»dagi mavsumni yuqori notada yakunlab qo'ymoqchi.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Sandro Tonalini 80 million evroga baholamoqdalar. 25 yoshli italiyalik futbolchining «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2027/2028 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.

«Manchester Yunayted» ayni damda Premer-liga turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ