logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bekxem: "Bellingem boshqalar qila olmaydigan ishlarni bajara oladi"

 29 MART, 2026, 17:12

Angliyalik sobiq futbolchi Devid Bekxem Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

22 yoshli futbolchi yaqinda jarohatidan qutuldi, u fevral oyi boshidan beri maydonga tushmayotgan edi.

«Bellingem faoliyatining boshida «Birmingem» va «Borussiya»da o'zini juda yaxshi ko'rsatdi, ammo «Real»ga o'tish hamma narsani o'zgartiradi — bu juda jiddiy qadam edi. Uning Madriddagi ilk mavsumi aql bovar qilmas darajada bo'ldi. Muxlislar uni mehnatsevarligi va ajoyib fazilatlari uchun yaxshi ko'rishadi. U boshqalarning qo'lidan kelmaydigan ishlarni qila oladi va uning mahorati Angliya terma jamoasiga juda asqotadi», — deya Bekxemning so'zlarini keltiradi talkSPORT.

Jud Bellingem 2023 yilning yozida Dortmundning «Borussiya» klubidan «qirollik klubi» safiga ko'chib o'tgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ