logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe Ronaldu o'ziga qanday yordam bergani aytdi

 29 MART, 2026, 16:54

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Krishtianu Ronaldu bilan bo'lgan muloqoti haqida to'xtalib o'tdi. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, frantsiyalik futbolchi o'tgan mavsumda yuzaga kelgan qiyinchiliklar davrida aynan Ronaldu bilan maslahatlashganini ma'lum qilgan.

“Krishtianu Ronaldu — mening kumirim. O'tgan mavsumda ‘Real'da qiyinchiliklarga duch kelganimda, unga qo'ng'iroq qildim. U menga o'zimga bo'lgan ishonchni qaytarishda yordam berdi. Buning uchun undan juda minnatdorman”, deydi Mbappe.

Ma'lumot uchun, Ronaldu 2009—2018 yillar davomida Madrid klubi sharafini himoya qilgan. Krishtianu Ronaldu Madridda o'tkazgan to'qqiz yili davomida 438 ta o'yinda 450 ta gol urib, klub tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylangan, shuningdek, to'rt bor Chempionlar Ligasi va ikki marta La Liga g'olibligini qo'lga kiritgan. Mbappe esa jamoaga 2024 yilning yozida kelib qo'shildi. Joriy mavsumda frantsiyalik hujumchi barcha turnirlar doirasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ