logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«U raqib himoyasini parchalab tashlamoqda» — Belsa Valverdening o'yinidagi o'zgarishlar haqida gapirdi

 29 MART, 2026, 16:36

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa yarim himoyachi Federiko Valverdening o'yinidagi o'zgarishlarni alohida ta'kidlab o'tdi.

27 yoshli futbolchi Angliya terma jamoasiga qarshi kechgan yaqindagi o'rtoqlik uchrashuvida (1:1) penaltini aniq amalga oshirib, navbatdagi golini urdi. Madridning «Real» klubi xavbeki hisobida klub va terma jamoadagi so'nggi oltita o'yinda jami ettita gol mavjud.

«Fede har doim jamoaga katta hissa qo'shib kelgan, ammo so'nggi o'yinlarda u raqib himoyasini izdan chiqarish borasida aql bovar qilmas qobiliyat namoyish etayotgani ham haqiqat. Hozirda u ilgari biz uning ijrosida ko'rmagan jihatlarni ko'rsatmoqda», — deya Belsaning so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.

31 mart kuni urugvayliklar Jazoirga qarshi maydonga tushishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ