logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Brunu Fernandesh Saudiya klubining 100 million funtlik taklifini rad etgan

 29 MART, 2026, 16:24

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin edi.

Jurnalist Tayron Marshallning ma'lumotlariga ko'ra, 2025 yilning yozida «Al-Hilol» portugaliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirgan. Saudiya klubi «qizil iblislar»ga futbolchining transferi uchun 100 million funt sterling, o'yinchining o'ziga esa haftasiga 700 ming funt sterling miqdorida maosh taklif qilishga tayyor edi. Bir necha haftalik muzokaralardan so'ng, Fernandesh ushbu taklifni rad etishga qaror qilgan.

Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi Manchester klubi safida barcha turnirlarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ