logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

De Bryuyne: «Kurtuaning yo'qligi bilinmadi»

 29 MART, 2026, 15:36

Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne jamoa darvozaboni Senne Lammensning o'yini haqida fikr bildirdi.

Avvalroq belgiyaliklar o'rtoqlik uchrashuvida AQSh terma jamoasini 5:2 hisobida mag'lub etgan edi.

«Tarkibimizda Tibo Kurtua yo'q edi, ammo Lammens tufayli uning yo'qligi sezilmadi. U eng kutilmagan seyvlarni amalga oshirmoqda. U «Manchester Yunayted»ga o'tganidan beri jamoa himoyasi sezilarli darajada o'zgardi», — dedi de Bryuyne.

23 yoshli Lammens Belgiya terma jamoasi safida ikkita o'yin o'tkazib, ikkita gol o'tkazib yubordi va bir bor «quruq» o'yin qayd etdi.

Belgiyaliklar navbatdagi nazorat bahsini 1 aprel kuni Meksikaga qarshi o'tkazishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ