logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» prezidenti Kroyf va Messining klub tarixidagi o'rni haqida gapirdi

 29 MART, 2026, 14:18

«Barselona» prezidenti Joan Laporta kataloniyaliklar afsonalari Yoxan Kroyf va Lionel Messi o'rtasida tanlov qildi.

«Yoxan Kroyf yoki Leo Messi? Butun bir avlod uchun Yoxan belgilovchi omil bo'lgan. Men bolaligimda, futbolni endi anglay boshlaganimda, Yoxan asosiy mezon edi. Bu haqiqiy san'at edi. Kroyf bizning mentalitetimizni, nafaqat g'alabaga bo'lgan munosabatimizni, balki futbolni tushunishimizni ham o'zgartirib yubordi. Bu inqilob edi, bolalikda esa inqiloblar juda katta motivatsiya beradi... Bunday isyonkorlar, bo'yin egmas insonlar o'rnak bo'la oladi. Ammo Leo — bu san'at. Natijalar darajasi bo'yicha ham, to'purarlik va assistentlik borasida ham u etib bo'lmas yuksaklikda. Unda hamma narsa mujassam», — deya Laportaning so'zlarini keltiradi «Barca Universal».

Eslatib o'tamiz, Yoxan Kroyf 1973 yildan 1978 yilgacha «Barselona» sharafini himoya qilgan. Kataloniya klubi tarkibida gollandiyalik futbolchi Ispaniya chempionati va Kubogida g'olib chiqqan. Kroyf uch karra «Oltin to'p» sohibi hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ