logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Marokash terma jamoasi yulduzi Pitarchga murojaat qildi

 29 MART, 2026, 13:48

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Tyago Pitarch Marokash terma jamoasida o'ynash huquqiga ega. Kelib chiqishi marokashlik bo'lgan ispaniyalik futbolchi hozircha o'z qarorini rasman e'lon qilgani yo'q, biroq yaqinda «qizil furiya» ustozi Luis de la Fuente istiqbolli yarim himoyachi allaqachon Ispaniya foydasiga tanlov qilganini ta'kidlagan edi.

Darvozabon Yassin Bunu esa, o'z navbatida, Marokash milliy jamoasi ham Pitarchni qabul qilishdan mamnun bo'lishini bildirdi.

«Uning Marokashda ham, Ispaniyada ham qarindoshlari bor. U o'zi to'g'ri deb hisoblagan ishni qiladi, lekin shuni bilsinki, biz uni terma jamoamizda xursandchilik bilan qabul qilamiz. Biz Marokashga aloqasi bo'lgan har bir insondan xursand bo'lamiz. Ayniqsa, agar u «Real» futbolchisi bo'lsa», — deya Madrid Xtra Bununing so'zlarini keltiradi.

Tyago Pitarch yaqindagina «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibiga kirishni uddaladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ