logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» Bastoni transferiga ikki yulduzidan birini qo'shishi mumkin

 29 MART, 2026, 13:30

Milanning «Inter» klubi himoyachi Alessandro Bastonining transferi bo'yicha kelishuv doirasida Kataloniyaning «Barselona» klubidan bir nafar futbolchini qo'lga kiritishi mumkin. Bu haqda Calciomercato jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «neradzurrilar» yarim himoyachi Dani Olmo va hujumchi Ferran Torresning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bastoni uchun to'lanadigan tovon pulini kamaytirish maqsadida ushbu futbolchilardan biri kelishuvga kiritilishi mumkin. Italiyalik himoyachining bozor qiymati 70 million evroni tashkil etadi.

A Seriyaning joriy mavsumida Milan top-klubi birinchi o'rinni egallab turibdi. «Inter» o'zining eng yaqin ta'qibchisidan olti ochko oldinda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ