logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ambrozini «Milan»ning ikki yulduzi Jahon chempionatiga borishiga shubha qilmoqda

 29 MART, 2026, 13:00

Italiya terma jamoasi bilan 2000 yilgi Evropa chempionati kumush medalini qo'lga kiritgan sobiq yarim himoyachi Massimo Ambrozini «Milan»ning ikki futbolchisi Jahon chempionatiga borish imkoniyatlari haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi. Gap frantsuzlar — Yussuf Fofana va Kristofer Nkunku haqida bormoqda.

«Menga Fofana yoqadi. Texnik nuqtai nazardan u ko'pchilik o'ylaganidan yaxshiroq o'ynaydi. Ammo uning Jahon chempionati uchun terma jamoa qaydnomasiga kirishiga ishonchim komil emas. Men shunchaki ro'yxatga qarayapman: Kamavinga, Kante, Kone, Rabio, Chuameni, Zair-Emeri. Shunday ekan, unga juda qiyin bo'ladi», — deya Ambrozinining so'zlaridan iqtibos keltiradi GFFN.

«Nkunku uchun esa bundan ham qiyinroq bo'ladi! U «Milan»ga o'tgan vaqtida eng yaxshi sport formasida emasdi, chunki anchadan beri mashg'ulot o'tkazmagandi. Yanvar va fevral oylarida ishlari biroz yurishib ketdi, bir nechta muhim gollar urdi. Ammo endi «Milan»da Fyullkrug bor, Santyago Ximenes qaytdi. Mavsumning so'nggi sakkizta o'yinida Nkunkuda imkoniyatlar ko'p bo'lishiga shubham bor».

Fofana so'nggi Jahon va Evropa chempionatlarida ishtirok etgan. Nkunku esa jarohat tufayli qaydnomadan chiqib ketgani sababli Qatardagi mundialda o'ynamagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ