Bugun Javohir Sindarov "Nomzodlar turniri"dagi ishtirokini boshlaydi
29 MART, 2026, 12:32
Bugun, 29 mart kuni Kiprning Peyya shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Nomzodlar turniri" musobaqasi start oladi.Ushbu musobaqada amaldagi Jahon kubogi g'olibi sifatida hamyurtimiz Javohir Sindarov ham ishtirok etadi.
Bugun musobaqaning asosiy bellashuvlariga start beriladi. Bahslar Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi.
Javohir turnirdagi ilk o'yinini rossiyalik Andrey Esipenkoga qarshi o'tkazadi.
Musobaqa taqvimi bilan tanishing:

Manba: olamsport.com
