logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa milliy jamoalarga chaqirilmagan «Real» futbolchilari uchun dam olish kunlari sonini qisqartirdi

 29 MART, 2026, 12:06

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa xalqaro tanaffus davrida klubda qolgan futbolchilar uchun dam olish kunlari sonini qisqartirishga qaror qildi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, futbolchilarga uch kun dam olish o'rniga ikki kun beriladi. Murabbiy bu qarorini mavsumning so'nggi bosqichiga tayyorgarlik jarayonida ish samaradorligini oshirish istagi bilan izohlagan.

Hozirda «Real» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 29 o'yindan so'ng 69 ochko bilan ikkinchi o'rinda bor. Chempionatning oxirigacha to'qqiz tur qolganda jamoa «Barselona»dan to'rt ochko orqada. UEFA Chempionlar Ligasida esa «qaymoqranglilar» chorak finalga chiqib, «Bavariya»ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ