logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bugun jahon toji uchun FIDE talabgorlar musobaqasi boshlandi

 29 MART, 2026, 11:06

Bugundan International Chess Federation tomonidan tashkil etilgan shaxmat bo'yicha 2026 yilgi FIDE Jahon chempionligi uchun yo'llanma beruvchi talabgorlar musobaqasi (Candidates Tournament 2026) boshlanadi.

Musobaqa joyi va muddati:

Musobaqa Kiprning Pegeya shahrida, "Cap St Georges Hotel and Resort" mehmonxonasida 29 martdan 16 aprelgacha bo'lib o'tadi.

Sistema va format:
- musobaqada 8 ta eng kuchli shaxmatchi ishtirok etadi.
- har bir ishtirokchi aylan tartibda ikkita davrada o'ynaydi — ya'ni hamma bir-biri bilan ikki marotaba uchrashadi.

Maqsad:
- Musobaqa g'olibi keyingi bosqich — Jahon chempionligi uchun amaldagi chempion Gukesh Dommaraju bilan jahon toji uchun bahs olib boradi.

Musobaqada quyidagi shaxmatchilar ishtirok etadi:

Fabiano Karuana (AQSh, 2793)
Xikaru Nakamura (AQSh, 2810)
Anish Giri (Niderlandiya, 2753)
Vey Yi (Xitoy, 2754)
Javohir Sindarov (O'zbekiston, 2745)
Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston, 2741)
Andrey Esipenko (Rossiya, 2698)
Mattias Blyubaum (Germaniya, 2695)

Birinchi turda Javohir Sindarov rossiyalik Andrey Esipenkoga qarshi oq donalarda o'ynaydi. Bahs Toshkent vaqti bilan 17:30 da start oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ