logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Portugaliya terma jamoasi Krishtianu Ronaldusiz Meksikani mag'lub eta olmadi (videosharh)

 29 MART, 2026, 08:34

29 mart tongida Meksika va Portugaliya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Uchrashuv Meksika poytaxti Mexikodagi «Atsteka» stadionida bo'lib o'tdi va 0:0 hisobidagi durang bilan tugadi.

Avvalroq portugaliyaliklar etakchisi, yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu son orqa mushagi jarohati sabab Meksika va AQShga qarshi o'yinlar uchun jamoa tarkibiga kiritilmagani xabar qilingan edi.

2026 yilgi jahon chempionatida Meksika A guruhida Janubiy Afrika, Janubiy Koreya va Evropa saralash bosqichidagi pley-off g'olibi (Daniya — Chexiya juftligi) bilan o'ynaydi. Portugaliya esa guruh bosqichida O'zbekiston, Kolumbiya hamda qit'alararo pley-off hal qiluvchi bosqichi g'olibi (DR Kongo — Yamayka) bilan kuch sinashadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.
29 mart, yakshanba. 06:00
Meksika — Portugaliya — 0:0

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ