logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Inter Mayami» Kazemiro bo'yicha muzokaralarni boshladi

 29 MART, 2026, 07:12

«Inter Mayami» klubi «Manchester Yunayted»ning 34 yoshli yarim himoyachisi Kazemiro bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.

Insayder ma'lumotiga ko'ra, braziliyalik xavbek MLS klubiga o'tishga tayyor, ammo unga Evropadan va Saudiya Arabistonidan ham takliflar bor. Avvalroq matbuotda unga «Los-Anjeles Gelaksi» va «Al-Ittihod» klublari qiziqish bildirgani haqida xabarlar chiqqan edi.

Kazemiro 2022 yil yozidan buyon «Manchester Yunayted» safida to'p suradi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ