logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Devid Bekxem Trentning terma jamoadan chetda qolganiga munosabat bildirdi

 28 MART, 2026, 23:48

«Real» va «MYu» sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem Trent Aleksandr-Arnoldning mart oyidagi o'yinlar uchun Angliya terma jamoasi qaydnomasiga kiritilmagani haqida o'z fikrini bildirdi.

«Mana nima uchun men Angliya terma jamoasi murabbiyi emasman — men bunday qarorlarni qabul qilishim shart emas! Lekin men Trentning ashaddiy muxlisiman, futbolchi sifatida u menga juda yoqadi.

Yillar davomida u «Liverpul»da o'ynaganida ham, hozir «Real»da va Angliya terma jamoasida ham: "U himoyada hujumdagidek yaxshi emas", degan gaplarni ko'p eshitganman. Lekin ba'zida buni shunchaki qabul qilish kerak...

Roberto Karlos ajoyib himoyachi edi, shu bilan birga u hujumda ham hayratlanarli o'yin ko'rsatardi. U doimo oldinga o'tardi va biz uni sug'urta qilishimizga to'g'ri kelardi — bunday narsalar tabiiy hol.

Trentga kelsak, uni JCh-2026ga olib ketarmidim? Bunday futbolchini tarkibga kiritmaslik men uchun juda qiyin bo'lardi. Lekin Tomas (Tuxel) hozirda undan ustunroq bo'lgan boshqa futbolchilar borligini aytdi. Biroq u "hozir" dedi, demak, hamma narsa o'zgarishi mumkin», — dedi Bekxem.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ