Dembele: «Burger eyishdan hech qachon to'xtamayman»
28 MART, 2026, 23:48
«PSJ» va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele o'zining ovqatlanish ratsioni haqida to'xtalib o'tdi. Futbolchining so'zlariga ko'ra, u o'z odatlarini o'zgartirish niyatida emas.
«Men hali ham o'yinlardan keyin burger va pitstsa eyman. Har doim emas, lekin aynan uchrashuvlardan so'ng — buni har bir futbolchi qiladi. Men ularni doim eyman va bundan hech qachon to'xtamayman», — deya Dembelening so'zlarini The Touchline nashri.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili (2025) Usmon Dembele «Oltin to'p» sohibiga aylangan edi. Futbolchining «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2027/2028 yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Dembeleni 100 million evroga baholamoqdalar.
