logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Qirg'iziston terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Madagaskarga yirik hisobda mag'lub bo'ldi (videosharh)

 28 MART, 2026, 23:00

Qirg'iziston va Madagaskar terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik bahsi bo'lib o'tdi. Turkiyaning Belek shahridagi «Kalista sport markaziy» stadionida o'tgan uchrashuv afrikaliklarning 5:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisobni 5-daqiqada Madagaskar hujumchisi Arno Randianantenaina ochdi. 17-daqiqada afrikaliklar ustunlikni oshirdi, 24-daqiqada esa Uorren Kaddi hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. 42-daqiqada Kleman Kutyure to'rtinchi golni kiritdi.

Ikkinchi bo'limda Qirg'iziston terma jamoasi javob qaytarishga urindi. 58-daqiqada Beknaz Almazbekov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi. 62-daqiqada yana bir gol kiritildi. Biroq 79-daqiqada Uorren Kaddi dubl rasmiylashtirib, o'yinga nuqta qo'ydi — 5:2.

O'rtoqlik uchrashuvi
28 mart 2026 yil, shanba.
Qirg'iziston — Madagaskar - 2:5
Gollar: 0:1 — Randianantenaina (5), 0:2 (17), 0:3 — Kaddi (24), 0:4 — Kutyure (42), 1:4 — Almazbekov (58), 2:4 (62), 2:5 — Kaddi (79)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ