logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Senegal terma jamoasi Peruga qarshi o'yin oldidan Afrika kubogini muxlislarga namoyish qildi (video)

 28 MART, 2026, 22:12

Senegal terma jamoasi Peruga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan Afrika millatlar kubogi sovrinini muxlislarga ko'rsatdi. Jamoa sardori Kalidu Kulibali va bosh murabbiy Pap Tiav o'yin boshlanishidan avval «Stad de Frans» stadioni maydoniga kubokni olib chiqdi. Futbolchilar sovrin bilan "faxriy aylana"ni amalga oshirdi.

Avvalroq Afrika futbol konfederatsiyasi Marokash tomonining apellyatsiyasini qanoatlantirib, Afrika kubogi finalida Senegalga 0:3 hisobida texnik mag'lubiyat yozgani ma'lum bo'lgan edi. Bunga sabab — 90+8-daqiqada Braim Diasga nisbatan qoidabuzarlik uchun penalti belgilanganidan so'ng senegallik futbolchilar maydonni tark etgani bo'lgan. O'yin 13 daqiqadan so'ng qayta boshlangan va qo'shimcha vaqtda Senegal 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ