logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Avstriyada 20 yoshli futbolchi qiz YTH oqibatida halok bo'ldi

 28 MART, 2026, 20:18

Avstriyalik futbolchi, “Blau-Vays Lins” a'zosi Aleksandra Vimmer 20 yoshida avtohalokatga uchrab, vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Vimmer avtomobil boshqaruvida bo'lgan va unga 15 yoshli yo'lovchi hamrohlik qilgan. Lins shahridagi “Mona Liza” tunnelida avtomobil yuk mashinasi bilan to'qnashib ketgan. Yo'lovchi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yuborilgan, Vimmer esa hodisa joyida vafot etgan.

“Blau-Vays Lins"futbol klubi kecha sodir bo'lgan fojiali avtohalokatda hayotdan ko'z yumgan Vimmerning vafoti munosabati bilan chuqur qayg'uda ekanini ma'lum qiladi. Ushbu og'ir damlarda uning oilasi, do'stlari va barcha yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, deyiladi xabarda.

Vimmer uchun oxirgi o'yin Yuqori Avstriya akademiyasi tarkibida Vena yoshlar jamoasiga (20 yoshgacha) qarshi bahs bo'ldi. Mazkur uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.

Avvalroq, Shvetsiyaning Erebro shahrida to'rtinchi divizion vakili — “Forvard” klubi darvozaboni Hyugo Mosshagen otishma natijasida halok bo'lgani xabar qilingan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ