logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Braziliyalik iqtidor APLga yo'l olishi mumkin

 28 MART, 2026, 19:00

«Gremio»ning 17 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Gabriel Mek APLning ikki klubi — «Brentford» va «Nottingem Forest» qiziqishlari doirasiga tushdi.

«Gremio» moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgani sababli, shu yozda Mekni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Bundan oldin futbolchini «Liverpul» va «Chelsi» kabi grandlar ham kuzatib borishgan. Ingliz klublaridan tashqari, Portugaliyaning etakchi jamoalari — «Benfika», «Sporting» va «Portu» ham braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish joizki, joriy mavsumda Mek «Shaxtyor»ga o'tishga juda yaqin kelgan edi. «Gremio» Donetsk klubining taxminan 15 million evrolik taklifini qabul qilgan, biroq transfer futbolchining xohishiga ko'ra amalga oshmay qolgan. Mek o'z rivojlanishi uchun hozircha Braziliyada qolishni afzal ko'rgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ