logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Roma" Artyom Dovbik va bir qator yulduzlarni sotuvga qo'ymoqchi

 28 MART, 2026, 18:54

Ukraina terma jamoasi hujumchisi Artyom Dovbik yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida «Roma»ni tark etishi mumkin. Italiya klubi bir qator futbolchilarni, jumladan ukrainalik forvardni ham sotuvga qo'yishni rejalashtirmoqda. La Gazzetta dello Sport nashriga tayanib Siamo la Roma xabar berishicha, klub rahbariyati hujumchining joriy mavsumdagi o'yinlaridan norozi.

«Roma» xayrlashmoqchi bo'lgan futbolchilar qatorida Paulo Dibala, Zeki Chelik, Lorentso Pellegrini va Stefan El-Shaaravilar bor. Shuningdek, klub ijara asosida to'p surayotgan Evan Fergyuson va Kostas Tsimikas bilan ham hamkorlikni davom ettirmaydi.

Eslatib o'tamiz, hozirda Dovbik jarohatidan so'ng tiklanish jarayonini o'tamoqda. Ushbu mavsumda u Rim klubi safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali hujumchini 15 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ