logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" yoki "Real" futbolchisi emas. 2023 yildan buyon yaratilgan imkoniyatlar bo'yicha La Ligada kim etakchilik qilayotgani ma'lum bo'ldi

 28 MART, 2026, 18:36

Madridning «Atletiko» klubi vingeri, ispaniyalik Aleks Baena 2023/2024 yilgi mavsumdan boshlab hisoblaganda La Ligada golli vaziyatlar yaratish bo'yicha peshqadamga aylangani ma'lum bo'ldi.

Qayd etilishicha, futbolchi shu vaqtga qadar o'tkazilgan 86 ta uchrashuvda o'z jamoadoshlari uchun jami 213 ta xavfli vaziyat yaratishga muvaffaq bo'lgan. Bu borada ispaniyalik futbolchining eng yaqin ta'qibchisi «Barselona»ning braziliyalik a'zosi Rafinya bo'lib turibdi — u 84 ta o'yinda 171 ta vaziyat yaratgan.

Eslatib o'tamiz, Aleks Baena o'tgan yozda «Vilyarreal» klubini tark etib, madridliklar safiga kelib qo'shilgan edi. Joriy mavsumda vinger 34 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ