logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Leyptsig" 100 million evro talab qilmoqda

 28 MART, 2026, 17:54

«Leyptsig» jamoasi vinger Yan Diomandeni yana bir mavsumga olib qolishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, klub 19 yoshli iqtidor uchun tushadigan yirik takliflarni ko'rib chiqishga ham tayyor. Bu haqda Sky Sport Germany jurnalisti Filipp Xaynts X (Twitter) ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, «buqalar» Diomandeni 100 million evroga baholamoqda va bu narxni pasaytirish niyatida emas. Germaniya jamoasi bunday yuqori narx hujumchiga qiziqish bildirayotgan boshqa klublarni fikridan qaytarishiga umid qilmoqda.

Avvalroq OAVda ivuarlik futbolchiga «Liverpul» va «Manchester Yunayted» tomonidan jiddiy qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda Diomande barcha turnirlarda 29 ta o'yinda ishtirok etib, 11 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 75 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ