logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tuxel nima uchun Fodendan ko'proq tavakkalchilik kutganini tushuntirdi

 28 MART, 2026, 17:18

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Urugvay bilan kechgan o'rtoqlik uchrashuvi (1:1) yakunlarini sarhisob qilar ekan, yarim himoyachi Fil Fodenning ishtirokiga to'xtalib o'tdi. Foden asosiy tarkibda maydonga tushib, 56 daqiqa harakat qildi.

«Biz raqibning yarim himoya uchligi tez-tez pozitsiyasini o'zgartirishini, erkin harakat qilishini va sizni o'z joyingizdan chiqarib yuborishga harakat qilishini bilardik. Bizga juda ishonchli va aqlli taktik o'yin kerak edi», — deya murabbiyning so'zlarini keltirmoqda The Times.

«Aynan shu vaziyatda Fil o'yinga qo'shildi. U mashg'ulotlarda himoyalanish sxemalarini ishlab chiqishda ajoyib ishtirok etdi, qolaversa, «Manchester Siti»da ko'p bor "sakkizlik" pozitsiyasida o'ynagan. Ba'zi vaziyatlarda menga u biroz jasoratliroq harakat qilishi, "o'nlik" sifatida tavakkal qilib, nimadir yaratishga urinishi mumkin bo'lib tuyuldi».

Seshanba kuni, 31 martda Angliya terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Yaponiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ