Virts 18 yoshli Lennart Karlning Germaniya terma jamoasidagi debyutiga baho berdi
28 MART, 2026, 17:12
Germaniya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Florian Virts Lennart Karlning o'yini haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Kecha, 27 mart kuni Myunxenning «Bavariya» klubi a'zosi, 18 yoshli xavbek Shveytsariyaga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida (4:3) milliy jamoa safida debyut qildi.
«Karl haqida juda yaxshi taassurot qoldi. Men uni ilk bor shu hafta mashg'ulotlarda ko'rdim, u yuqori darajadagi futbolchi. U bilan birga o'ynash juda zavqli», — deya Virtsning so'zlarini keltirmoqda Bayern&Germany.
Joriy mavsumda Karl «Bavariya» safida barcha turnirlarda 35 ta o'yinda ishtirok etdi va o'z hisobiga sakkizta gol hamda oltita golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Transfermarkt yosh yarim himoyachini 60 million evroga baholamoqda.
